Barxuan: "Jarohatlanganlar ko'pligi tufayli "Barselona" yosh bolalarni o'ynatishiga to'g'ri kelyapti"
Jamoani vaqtinachalik boshqarayotgan mutaxassisning aytishicha, Kataloniya klubi jarohat bilan bog'liq muammolardan aziyat chekmoqda.
"Bizda jarohatlanganlar talaygina, bunday holatda ishlash mushkul. Hamma tiklanganda, jamoamiz yanada ko'prog'iga erisha oladi. Tarkibimizga nazar tashlasangiz, yosh bolalarni maydonga tushirayotganimizning guvohiga aylanasiz. Ko'p o'yinchilar etishmovchiligi bilan muvaffaqiyatga erishishi qiyin. Barcha safda bo'lsa, mashg'ulotlar ham yaxshi kechadi, yaxshi raqobat bo'ladi, hamma o'ynashni istaydi. Biroq bizda hozir bu bilan bog'liq muammolar bor.
Jarohat bilan bog'liq vaziyat meni shunchaki nobud qilmoqda. Ayni paytda g'alati holatdamiz va xohlardikki, bunaqasi boshqa takrorlanmasin. Bu bilan o'zimni oqlash niyatida emasman, ammo bu chindan muhim rol o'ynaydi", – dedi Serxi Barxuan.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (315/+0)
Yangiliklar (35799/+15)
UzFIFA Yangiliklari (27.12.2025)
Futbol TV Yangiliklari (27.12.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1825)
Eng ko'p o'qilgan
24-Dekabr
13:30
20-Dekabr
23:00
26-Dekabr
20:30
“Real” Negreyra ishi sabab “Barselona”dan katta miqdorda kompensatsiya talab qilmoqchi
O'qildi: 62235 - Fikirlar: 0
O'qildi: 62235 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





480