Luis Suares: "Barsa" da juda baxtliman va o'zimni qadrlayman
Luis Suaresning Sportga bergan intervyusida, urugvaylik hujumchi o'tgan mavsumda jarohati bilan bog'liq mish-mishlar haqida gapirdi. "Barselona" futbolchisi bu haqida matbuot o’ylab topganini aytib, g'azabini yashirmadi.
So'nggi jarohatlardan so'ng o'zingizni qanday his qilyapsiz?
Men ushbu mavsumda ikki marta jarohat oldim. Men Urugvayda bo'lganimda hamma narsani hal qildim, chunki matbuotda ko'p narsa aytilgan. Men qancha vaqt maydonga tushmasligimni bilardim (ikkinchi marta), chunki men shifokorlar bilan gaplashgandim. OAV men "Selta" ga qarshi o'ynash va milliy terma jamoaga borish uchun ukolda o’ynashimni aytdi ... Urugvay ham, "Barsa" ham bunga yo'l qo'ymaydi. Ikkala o'rtoqlik uchrashuvida buning keragi yo'q edi.
Qirollik kubogi finali oldidan tizzangizdagi shikastlanish haqida ko'p narsa aytilgandi.
Men buni o'sha paytda aniqlashtirishga harakat qildim, chunki finalda yutqazish juda og'riqli edi va meni ayblashdi. Aytishlaricha, jamoa finalda to'qqizlik hujumchi yo'qligi uchun yutqazganmsih... va men bundan xafa bo'ldim. Tasavvur qiling: siz butun umr yozuvchi bo'lgansiz, lekin keyin qo'lingiz sinib qoldi va shifokor siz jarohat olganingizni aytadi, yoza olasizmi? Yo'q, qiyin. Menda yirtilgan menisk (Tizza bo'g'imidagi oy o'roqsimon shakllarining ichki va tashqi uzilishi) bor edi. Qanday qilib shifokorlarga qarshi borishim mumkin? Bu mumkin emas. O'tgan mavsum boshida olgan jarohatlarim menisk jarohati bilan hech qanday aloqasi yo'q edi.
Tizzadagi jarohat "Enfild" da bo'lganmi?
Ha 10, 15 daqiqa qolgandi. Adrenalin sababli uchrashuvni oxiriga etkazishga muvaffaq bo'ldim. Og'riqni his qilmadim. Shundan so'ng, echinish xonasida o'zimni muz qo'yganimni his qildim ... lekin men hamma narsa haqida gaplashmoqchi emasman.
Bundan tashqari, Luis o'zini tanqid qilardi. "Barselona" hujumchisi joriy mavsum haqida gapirdi, shuningdek, "Enfild" dagi mag'lubiyat bilan yakunlanganda, avvalgisini ham muhokama qildi.
Bezovta futbolchilarni ko'rganingizda, nima deb o'ylaysiz?
Har bir insonning o'ziga yarasha uslubi bor. Siz har bir klubga, jamoadoshingizga yoki jamoaga moslashishingiz kerak. Jamoada biz juda ko'p gaplashamiz va bir-birimizni doimiy ravishda rag'batlantiramiz. Barselonada biz unchalik aloqa qilmaymiz. Men borganimda, ularning o'yinlarga har xil tayyorgarlik ko'rishga odatlanganlarini ko'rdim va ular har doim shu tarzda g'alaba qozonishgan. Siz bu narsalarni o'zgartira olmaysiz.
Ba'zi jamoadoshlarimga ko'proq bosim o'tkazish to'g'ri bo'ladimi?
Yo'q, har bir o'yinchida diqqatni jamlashning o'ziga xos usuli, shaxsiy hayot tarzi va o'yinlarga tayyorgarlik bor. Makaron iste'mol qiladiganlar bor, lekin men makaronni yoqtirmayman. Boshqalar kuniga ikki marta iste'mol qiladilar. Bular har bir o'yinchida mavjud bo'lgan turli xil mashq usullari.
Urugvay yutqazganda, jamoa doimo o’zini qo’lga oladi. Barsada bunday bo'lmaydi. Bu ruhiyatni jamoaga singdirish qiyinmi?
Bu qiyin. Ba'zilarning zehniyati shundaki, siz qichqirmasdan hech narsa yutolmaysiz. Menimcha, ba'zida bu sizni uyg'otishi mumkin. Balki shu erda biz xato qilganmiz, ammo bu odat tusiga kirgan, o'yinchilarga xos uslub.
Sizniki emas
Yo'q, umuman yo'q, lekin hatto hozirgi yoshimda ham ba'zi narsalarda o'zimni tutaman. Jamoadoshlar bilan gaplashish ... Men ularni uyg'otish uchun qichqiraman deb o'ylayman, lekin oxirida o'zimni yomon odamdek his qilaman. Siz bunga ko'nikishingiz va turmush tarzingizga moslashishingiz kerak.
Hech kim yomon odam bo'lishni xohlamasligini tushunishingiz kerak. Jamoadoshlarimga agar ular bilan gaplashsam, bu ularning foydasi uchun ekanligini tushuntirish qiyin. Men aytmoqchiman: "Men siz bilan gaplashmoqdaman, chunki siz jamoa uchun muhimsiz va agar siz uyg'onsangiz, biz uyg'onamiz." Ammo bu qiyin. O'zaro munosabatlarga kelsak, siz maydonda kirishimli bo'lishga intilasiz. Himoyaga qaytib, bosim o'tkazing ... Shu ma'noda, jamoa agar Leo, Luis, Antuan va Usmon yugurayotgan bo'lsa, nima uchun hamma yugurolmasligini tushunishi kerak. Ammo ba'zida bu qiyin.
Shunday qilib, siz namuna bo'lishni xohlaysiz
Men jamoadoshlarimga biron bir narsa aytish muammosi bilan qiynalaman, chunki ular siz etkazmoqchi bo'lgan gapni noto'g'ri talqin qilishi mumkin.
Stephan_El_Shaarawy
25-Noyabr 2019,19:15
25-Noyabr 2019,19:15
O'xshash yangiliklar
14:30 Vidal: "Barselona"dan ketishimni batafsil aytsam, bu klubning sha'niga salbiy ta'sir ko'rsatadi"
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
I
Imom_Qurbonov [375] [off] 20:43, 25-Nov
Ofarn jurnastdiyam sindirb tawapti malatsi endi faqat galaba omad luis
Javob
Ofarn jurnastdiyam sindirb tawapti malatsi endi faqat galaba omad luis
Javob
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30270/+10)
UzFIFA Yangiliklari (28.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (28.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1661)
Eng ko'p o'qilgan
26-Noyabr
11:10
24-Noyabr
09:30
26-Noyabr
14:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)