Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi
FIFAning o'zbekistonlik referisi, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O'FA) birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov rasman hakamlik faoliyatini yakunlagani e'lon qilindi. Bu haqida Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) qarorgohida tashkil etilgan maxsus marosimda ma'lum qilingan.
Ravshan Ermatov marosimda OFK tomonidan Osiyo futboliga qo'shgan hissasi uchun maxsus sovrin bilan taqdirlandi.
“17 mavsum davomida OFKda faoliyat yuritish men uchun ulkan sharaf bo'ldi. Osiyo Chempionlar Ligasining beshta finali, to'rtta Osiyo Kubogi va uchta Jahon Chempionatida ishlash menga yorqin xotiralarni berdi.
Men Osiyo futbol oilasining a'zosi ekanimdan faxrlanaman. Endi tayoqchani yosh kasbdoshlarimga topshirish vaqti keldi. Ishonchim komil, ular o'z oldiga eng oliy maqsadlarni qo'ygan holda, yuqori cho'qqilar uchun intiladi”, deydi Ermatov.
Ma'lumot uchun, Ermatov 2003-2019-yillarda hakam sifatida faoliyat yuritgan. U 16 yillik faoliyati davomida Jahon Chempionati final bosqichida 11 ta o'yinni boshqarib Jahon Chemionatida eng ko'p o'yin boshqargan hakam bo'lgan. Shuningdek, u besh marta Osiyoning eng yaxshi hakami nomiga loyiq ko'rilgan.
Coutinho_14
27-Noyabr 2019,14:08
27-Noyabr 2019,14:08
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (3)
K
I
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30273/+8)
UzFIFA Yangiliklari (28.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (28.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1661)
Eng ko'p o'qilgan
26-Noyabr
11:10
24-Noyabr
09:30
26-Noyabr
14:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)