"Barselona" dekabr oyida Meksika klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi (foto)
"Barselona" ijtimoiy tarmoq orqali Amerika Qo'shma Shtatlarida Meksikaning "Amerika" jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishini ma'lum qildi.
Ushbu o'yin 21 dekabr kuni Dallasda bo'lib o'tadi, u erda futbolchilar La Liganing 18-turidan o'rin olgan "Almeriya"ga qarshi uy uchrashuvidan so'ng darhol etib borishadi.