Luis Suares "Barselona"ga emas, balki "Real"ga o'tishi mumkinligini aytdi.
"Barselona" va "Atletiko Madrid" klublarining sobiq hujumchisining fikriga ko'ra, u 2014 yilda jahon chempionatidan oldin Madridga ko'chib o'tishi mumkin edi. Luis o'sha yozda "Liverpul"ni tark etib, "Barselona"ga o'tgan edi.
"Mening agentim "Real" bilan gaplashdi. JCh-2014 oldidan Madridliklar meni qo'lga kiritmoqchi edilar va hammasi ko'ngildagidek bo'ldi. Ular Benzemani "Arsenal"ga sotishni o'ylashdi, hammasi allaqachon hl qilingandi.
Jahon chempionati boshlanganda, "Barselona" kurashga qo'shildi va men "Barsa"ni afzal ko'rdim. Tishlagan vaziyat tufayli (Suares JCh-2014 o'yinida Jorjio Kellinini elkasidan tishlagan - muallif) Madridning qiziqishi pasayib, "Barselona" ko'proq qiziqib qoldi.
Menda ikkala variant ham bor edi va men "Barsa"ni tanladim, chunki bu mening orzum edi" - dedi urugvaylik futbolchi La Mesa bilan suhbatda.
18-Fevral 2024,18:30