"Barselona"ning 16 yoshli hujumchisi Lamin Yamalning aytishicha, u bolaligida doimo futbol o'ynagan va ko'p vaqtini ko'chada o'tkazgan.
“Esimda, to'rt yoshimda bir marta do'stlarim bilan ko'chaga chiqib, bog'da dadam va amakivachchamning futbol o'ynayotganini ko'rganman. Aynan shu daqiqada men bu o'yinni sevib qoldim. O'ylaymanki, men bolaligimda uyda emas, balki tashqarida ko'proq vaqt o'tkazdim. Kichkinaligimda meni darvozabon qilib qo'yishdi. Ko'pincha yuzimga to'p bilan zarba tegar edi", - deya Yamalning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Yamal kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2023 yilning yozida "Barselona"ning asosiy jamoasiga qo'shilgan. Joriy mavsumda 16 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 34 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
20-Fevral 2024,14:40