La liga klublarining maoshlar uchun ajratilgan pul miqdori e'lon qilindi. «Barselona» klubi futbolchilar va xodimlarga to'lanayotgan bir yillik pul miqdori «Real»nikiga nisbatan 3,56 baravar kam ekani ma'lum bo'ldi.Qishki transferlardan so'ng "ko'k-anorranglilar"ning maoshlar uchun xarajat sifatida 204,161 mln evro limit o'rnatildi. Bu esa klubning yozgi transferdan keyingi limitiga nisbatan deyarli 66 million evro kam. Ayni paytda kataloniyaliklar ushbu limitga rioya eta olishmayapti hamda maoshlar uchun 400 million evro atrofida xarajat qilishmoqda. La ligada maoshlar uchun eng yuqori limit «Real»da. Bu jamoaga bir yilda 727,451 mln evro sarflashga ruxsat berilgan. Ikkinchi o'rinda esa «Atletiko» bormoqda — 303,408 mln evro.Bu borada quyidagi jamoalar kuchli o'nlikka kirgan:1. «Real» — 727,451 mln evro.2. «Atletiko» — 303,408 mln 3. «Barselona» — 204,161 mln4. «Sevilya» — 152,286 mln, 5. «Real Sosedad» — 144,941, 6. «Vilyarreal» — 143,918, 7. «Atletik» — 100,0628. «Betis» — 93,2419. «Valensiya» — 85,52810. «Selta» — 81,187.
20-Fevral 2024,22:10