"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda "Barselona"ni boshqarishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg. 21 fevral, chorshanba kuni Myunxen klubi Tuxel joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi haqida rasmiy bayonot berdi.
Manbaga ko'ra, nemis mutaxassisi "ko'k-anorranglilar" bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. Shu bilan birga, Kataloniya idorasida Tuxelning nomzodi muhokama qilindi. Qayd etilishicha, myunxenliklar ustozi hozircha hech qaysi klub bilan muzokaralar olib bormayapti va bor e'tiborini "Bavariya"dagi mavjud vaziyatni tuzatishga qaratgan.
Tuxel o'tgan yilning mart oyidan beri "Bavariya"ni boshqarib kelmoqda. O'shanda germaniyalik mutaxassis kutilmaganda bu lavozimda hamyurti Yulian Nagelsmanni o'rnini egalladi. Tuxel 2022/2023 yilgi mavsumda Myunxen bilan Bundesligada g'olib chiqqan.
21-Fevral 2024,22:50