Avvalroq Dani Alves suddan oldin Braziliyaga qochib ketmoqchi bo'lgan haqida xabar berilgan edi. Bugun, 22 fevral kuni Alvesning zo'rlash ishi bo'yicha chiqarilgan hukm tafsilotlari ma'lum bo'ldi.Sud “Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisini 2022 yil dekabr oyida Barselonadagi “Satton” tungi klubida qizni zo'rlaganlikda aybli deb topib, qilgan jinoyati uchun 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.Haqiqiy jazoning 4,5 yilidan tashqari, Alves yana 5 yil shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Dani jabrlanuvchiga 150 ming evro to'lashi va bundan tashqari barcha sud xarajatlarini qoplashi kerak bo'ladi. Sobiq futbolchiga 9,5 yil davomida jabrlanuvchiga yaqinlashish taqiqlangan.Sud jabrlanuvchining jinsiy aloqaga rozi bo'lmagani va zo'rlash alomati borligi isbotlanganini bildirgan.Ma'lumot uchun, Dani Alves 1983 yilda tug'ilgan. Faoliyatining katta qismini “Barselona”da o'tkazgan futbolchi jamoa bilan klub doirasidagi barcha mukofotlarni qo'lga kiritgan. Jumladan, 3 bora Chempionlar Ligasi g'olibligi, UEFA superkubogi hamda Klublar o'rtasidagi Jahon chempionligi aynan shu klub bilan qo'lga kiritilgan. Braziliyalik futbolchi UEFA suberkubogi g'olibligini 4 bora qo'lga kiritgan va bu borada Maldini bilan eng yaxshi natijani ko'rsatib turibdi. Alves turli klublarda Italiya va Frantsiya chempionatlari g'olibligini ham nishonlagan. Terma jamoa safida futbolchi Yoshlar o'rtasidagi Jahon Chempioni, 2 bora Amerika kubogi va shuncha bor Konfederatsiya kubogi g'olibi bo'lgan.
22-Fevral 2024,17:20