«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida bo'lib o'tgan «Malorka»ga qarshi o'yin (1:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Bu o'yinda samaradorlik yuqori bo'lmadi. «Malorka» himoyada juda yaxshi ishlaydi. Penaltidan foydalana olganimizda o'yinning borishi o'zgargan bo'lardim. Ushbu g'alaba bizga o'z o'rnimizda qolishimizga yordam beradi.Avval aytilganidek, bizni 4-5 ta vaziyatli o'yin kutmoqda. Ulardan foydalanishimiz kerak. Agar gol ura olganimizda barchasi o'zgargan bo'lardi. O'ylashimcha, jamoadan ketishimni e'lon qilgan kunimdan boshlab barchasi yaxshi tomonga o'zgardi. «Malorka» tomonidan qo'yilgan besh kishilik himoya chizig'ini yorib o'tish qiyin bo'ldi. Qiyin vaziyatga qaramay, men optimistik kayfiyatdaman. Bu g'alaba shunisi bilan muhimki, Chempionlar ligasi o'yini oldidan u bizga ishonch beradi. Murakka raqibga qarshi sifatli o'yin namoyish etdik», — dedi Xavi.
9-Mart 2024,07:40