Londonning “Arsenal” klubi sobiq hujumchisi Freddi Yungberg 2006 yilgi Chempionlar ligasi finalida “kanonirlar”ning “Barselona”ga mag'lub bo'lgandagi o'z xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, Arsen Venger jamoasi darvozabon Yens Lemanning chetlatilishi tufayli uchrashuv boshida ozchilikda qolgandi.
Biroq o'yinda “Arsenal” hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim oxirida “Barselona” “kambek”ni amalga oshirib, g'alabani tortib olgandi.
"Bu final mening faoliyatimdagi asosiy umidsizlikdir. Biz bu jamoa ustidan g'alaba qozonishimiz kerak edi.
"Real" yoki "Barselona"ning ba'zi o'yinchilari bilan uchrashganimda, ular bu uchrashuvda g'alaba qozona olmaganimizdan hayron bo'lishdi.
Bu hali ham meni xafa qiladi", - dedi Yungberg Ben Fosterga bergan intervyusida.
18-Mart 2024,19:00