Ispaniya terma jamoasi kecha «Santyago Bernabeu» stadionida Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Bahs 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. 16 yoshli Lamin Yamal «Real» stadioniga yig'ilganlarning olqishiga sazovor bo'ldi. U o'yinni asosiy tarkibda boshladi va "qizil furiya"ning barcha gollarida ishtirok etdi.12-daqiqada «Barselona» futbolchisi penalti ishladi. Rodri uni golga aylantirdi. Uchrashuvning 36-daqiqasida ispaniyaliklar ikkinchi golni urishdi. Dani Olmoning goliga Yamal assistentlik qildi.87-daqiqada Ispaniya yana penalti ishladi va Rodri dublga erishdi. Ushbu vaziyatda penalti ishlagan Karvaxalga pasni Lamin bergandi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Yamalning o'rniga Xesus Navas tushirildi. «Santyago Bernabeu» esa olqishlar bilan "Barsa" futbolchisini kuzatib qo'ydi.
27-Mart 2024,10:40