UEFAning rasmiy ma'lumotlariga ko'ra, Chempionlar Ligasi chorak finalidan chiqib ketgani uchun "Barselona" 74,5 million dollar (70 million evro) miqdorida daromad olish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
Buning sababi shundaki, "PSJ"ga mag'lubiyati tufayli "Barsa" keyingi yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga chiqish orqali keladigan 53,2 million dollar (50 million evro)ni ishlab olish huquqidan darhol mahrum bo'ldi.
Vaziyatga ko'ra, "Atletiko Madrid" va "Real Madrid" Ispaniyadan yo'llanmani qo'lga kiritadi.
Agar jamoa so'nggi to'rtlikka kirganida, UEFAdan mukofot puli sifatida yana 13,3 million dollar (12,5 million evro) ishlab olgan bo'lardi.
Shuningdek, homiylik va televidenie pullari uchun taxminan 6,4 million dollar (6 million evro) kutilgan edi.
17-Aprel 2024,19:30