"Barselona" Voytsex Shesni bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
«Diario Sport» xabariga ko'ra, ikkala tomon ham hamkorlikni yana bir mavsumda davom ettirishga tayyor. Yakuniy qaror bahorda qabul qilinadi, bunda polyakning joriy mavsum oxirigacha ko'rsatgan ko'rsatkichi hal qiluvchi omil bo'ladi.
Darvozabon jamoaning ketma-ket so'nggi beshta o'yinini asosiy tarkibda boshladi. Qayd etilishicha, Shesnining o'ziga bo'lgan ishonchi ortib bormoqda va mavsumning hal qiluvchi o'yinlarida o'zini 100% ko'rsatishni maqsad qilib qo'ygan.
Shartnoma bo'yicha qaror Inyaki Penyaning klubda qolishi va Mark-Andre ter Shtegenning qanchalik tez tiklanishiga ham bog'liq bo'ladi.
O'z navbatida, Shesni va uning oilasi Barselonadagi hayotga yaxshi moslashgan. U Robert Levandovski bilan ham ajoyib munosabatda. Mavjud omillarni hisobga olsak, futbolchi ter Shtegendan keyin ikkinchi raqamga aylangan taqdirda ham klubda qolishga tayyor.