"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes so'nggi to'rtta o'yinni ishonchli yakunlamasa, ishidan ayrilishi mumkin.
"Jirona"dan uchralgan mag'lubiyat uning kelajagiga ta'sir qilmasligi va hali ham prezident Joan Laporta tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanayotgani haqida xabarlar bor edi, ammo agar yakundagi turlarda g'alaba qozonilmasa, barcha garovlar bekor qilinishi mumkin. realmadrid logo Real Madrid
Ya'ni Diario AS xabariga ko'ra "Barsa" "Real Sosedad", "Almeriya", "Rayo Valekano" va "Sevilya"ga qarshi so'nggi to'rtta o'yinda g'alaba qozonishi kerak.
Agar bunday bo'lmasa, "Barselona" inqirozga kirib ketishi mumkin. Bu muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanib, "yangi" va "travmatik" stsenariylarga eshikni ochishi mumkin, Xavining kelajagi endi kafolatlanmaydi. Ikkinchi o'rin Xavi erisha oladigan minimal ko'rsatkich hisoblanadi.
6-May 2024,17:20