"Betis"ning tayanch yarim himoyachisi Gido Rodriges yozda Kataloniyaning "Barselona"siga o'tmasligi mumkin. Avvalroq "ko'k-anorranglilar" yarim himoyachini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishga yaqin turgandi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, bosh murabbiy Xavi Ernandes bilan bog'liq vaziyat tufayli Rodrigesning transferi amalga oshmay qolishi mumkin. Eslatib o'tamiz, murabbiy “Almeriya” bilan o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida “Barselona”ning kelajagi haqidagi pessimistik so'zlari uchun yaqin kunlarda iste'foga chiqarilishi mumkin.
E'tibor bering, Rodrigesning transferiga aynan Xavi tashabbus ko'rsatgan. Agar murabbiy ishdan bo'shatilsa, rahbariyat 30 yoshli yarim himoyachini taklif qilish haqidagi fikrini o'zgartirishi mumkin.
18-May 2024,12:30