"Barselona"ning afsonaviy yarim himoyachisi Andres Inesta Argentina terma jamoasining Qatarda bo'lib o'tgan JCh-2022dagi g'alabasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "Albiseleste" sardori uning Kataloniya klubidagi uzoq yillik jamoadoshi, hujumchi Lionel Messi edi.
"Bu ajoyib martabaning eng zo'r cho'qqisi bo'ldi va Messi o'sha yoshda dunyoning eng yaxshisiga aylandi va u Argentina terma jamoasida ham, shaxsiy miqyosda ham boshidan kechirishi kerak bo'lgan hamma narsani o'tkazdi", - dedi Inesta Infosfcb bilan suhbatda.
Lionel Messi 2022 yilgi jahon chempionatida 7 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U argentinaliklarga 36 yil ichida birinchi marta va tarixda uchinchi marta jahon chempioni bo'lishga yordam berdi.
12-Iyun 2024,10:30
O'qildi: 62 - Fikirlar: 0
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0