La Liga Evropa komissiyasiga Frantsiyaning «PSJ» klubi ustidan shikoyat qildi.
Tashkilot bayonotida aytilishicha, parijliklarning Qatardan oladigan mablag'lari bozorni buzadi va Evropa Ittifoqining xorijiy subsidiyalar bo'yicha qoidalariga ziddir.
«La Liga shikoyat berdi, chunki «PSJ» Qatar davlatidan xorijiy subsidiyalar olgan, bu ularga o'zlarining raqobatbardosh mavqeini yaxshilash imkonini berdi.
Bu, shuningdek, bir qancha milliy va Evropa Ittifoqi bozorlarida sezilarli buzilishlarga olib keldi.
Xususan, «PSJ» resurslarni bozordan tashqari shartlarda oladi va normal bozor imkoniyatlaridan ancha yuqori, qimmat o'yinchilar va murabbiylarni sotib oladi.
Shuningdek, u bozor qiymatiga to'g'ri kelmaydigan homiylik daromadiga ham ega bo'ladi», — deyiladi La Liga bayonotida.
Tashkilotning qayd etishicha, yuqorida aytilganlarning barchasi «PSJ»ga sport natijalarini yaxshilash imkonini beradi, shuningdek, raqobatchi klublarning o'yinchilar bilan shartnoma imzolash qobiliyatiga ham ta'sir qiladi.
La Liga ushbu yangi qoidalar vositasida transfer bozoridagi buzilishlarni bartaraf etish uchun zarur choralarni ko'radi», deyiladi bayonotda.
12-Avgust 2023,22:00