Yamal: «Odamlar Karvaxal bilan meni til topisha olmayapti, deb o'ylaydi»

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» futbolchisi Lamin Yamal «Real» vakili Daniel Karvaxal bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.
16 yoshli vinger Evro-2024 doirasidagi Xorvatiyaga (3:0) qarshi o'yinda «Los-Blankos» himoyachisiga assistentlik qildi. Karvaxal va Yamal golni birgalikda nishonlashdi va bu terma jamoada klubga mansublik unchalik muhim emasligini yaqqol ko'rsatdi.
«Karvaxal bilan golni nishonlash? Men «Barselona»danman, u esa «Real»dan bo'lgani uchun odamlar bizni til topisha olmayapti, deb o'ylaydi. Ammo bu noto'g'ri - bizda munosabatlar a'lo darajada», - deya Evro tarixidagi eng yosh golli uzatma muallifiga aylangan Yamaldan iqtibos keltiradi "Barca Times".
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (38208/+1)
UzFIFA Yangiliklari (14.06.2026)
Futbol TV Yangiliklari (14.06.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1866)
Eng ko'p o'qilgan
13-Iyun
19:40
8-Iyun
23:00
13-Iyun
07:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)
629