"Barselona" markaziy himoyachisi Mikail Faye yaqin orada "Portu"ning yangi futbolchisi sifatida tanishtirilishi mumkin.
"Ajdarlar" 19 yoshli futbolchining o'zi bilan allaqachon kelishuvga erishgan va hozirda klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Jurnalist Xerardo Romero xabariga ko'ra, "Barselona"ning sport direktori Deku shartnoma tafsilotlarini muhokama qilish uchun Portugaliyada bo'lib turibdi. Taxminlarga ko'ra, "Portu" Faye uchun taxminan 5 million evro va bonuslar to'laydi va Kataloniya klubi kelajakda keyingi sotuvdan tushadigan foydaning bir foiziga tayanishi mumkin. Ular shuningdek kelajakda markaziy himoyachini arzonlashtirilgan narxda qaytarish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Mikail Faye "ko'k-anorranglilar" asosiy tarkibida birorta o'yin o'tkazmagan.
28-Iyun 2024,07:40
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 44 - Fikirlar: 0