4 nafar futbolchi Evro-2024'da “Barselona” sharafini himoya qilishda davom etmoqda.
Lamin Yamal, Fermin Lopes, Ferran Torres va Jyul Kunde yarim finalda o'ynaydi. "Barsa" futbolchilarining yaxshi o'yinlaridan moliyaviy foyda ko'rdi. Sport.es nashri xabariga ko'ra, UEFA turnirda qatnashgan har bir futbolchi uchun klubga har kuni 10 000 evro to'laydi.
Natijada, kataloniyaliklar o'z o'yinchilari turnir jadvalida ancha oldinga siljishlari evaziga 2,5 million evrodan ko'proq daromad olishga muvaffaq bo'lishdi.
Daromad yanada ko'proq bo'ladi, chunki hech bo'lmaganda bitta "Barsa" o'yinchisi finalga chiqadi.
Agar Ispaniya evroni yutsa, "Barsa" 3,2 million evrogacha daromad olishi mumkin. Ammo Frantsiya finalga chiqsa, kataloniyaliklar 3 million evroga yaqin pul oladi.
7-Iyul 2024,19:00
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0