Ayni paytda Andres Inesta Kataloniyadagi bolalar uchun yozgi futbol lagerining ishini kuzatib borish va dekabr oyida o'zi tug'ilib o'sgan Albaseteda (Kastiliya-La-Mancha) «Inesta Kubogi»ni tashkil etish ishlari bilan band.
Shunday tig'iz kun tartibiga qaramay, Andres Mundo Deportivo nashriga intervyu berishga vaqt topdi. Unda yaqin o'tmishning eng zo'r yarim himoyachilaridan biri «Barselona», Ispaniya terma jamoasi va uning kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
- «Barselona»dagi holatga qanday qaraysiz? Do'stingiz Xaviga nima bo'ldi?
- Agar tashqi tomondan qarasangiz va tafsilotlarga kirmasangiz, unda ishlar yaxshi ketmasa, siz azob chekasiz va agar bu sobiq jamoadoshi va do'sti bilan sodir bo'lgan bo'lsa, unda siz bundan ham ko'proq azob chekasiz. Umid qilamanki, «Barselona» barcha sovrinlar uchun kurashishga etarli resurslarga ega. Bu haqda ko'p gapirolmayman, chunki men u erda emasman.
- «Real» Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan xavotir olyapsizmi?
- «Real»ning tarkibi va so'nggi paytlarda qilayotgan ishlari ularga o'ziga ishonch, xavfsizlik hissini beradi, ammo ularda sodir bo'layotgan voqealarni kuzatib borish «Barselona»ga yordam bermaydi. «Barsa»da kim bo'lishidan qat'iy nazar, uni rivojlantirish uchun klubga eng yaxshi o'yinchilarni jalb qilishga harakat qiladi.
- «Barselona»ga qaytasizmi?
- Albatta, men qaytishni xohlardim, lekin bu qachon sodir bo'lishini bilmayman.
- Qaysi lavozimga kelasiz?
- Futbolchilik faoliyatidan keyingi qadamim murabbiylik bo'ladi va u erda nima bo'lishini ko'ramiz. Asosiysi, maydondan tashqarisida ham o'z joymni topishdir.
- Balki yoshlar jamoasidan boshlarsiz?
- Bilmayman, ehtimol. Ikki yildan keyin o'z mahoratimni oshirgan bo'laman, lekin hozir bilmayman.
- Birinchi jamoachi?
- Albatta, lekin hozircha litsenziyam yo'q...
- Sizningcha, farzandlaringizdan biri kelajakda yuqori darajada o'ynay oladimi?
- 9 yoshli o'g'lim Paolo futbol bilan yashamoqda va undan umidim katta.
- Evro-2024dagi jamoa sizga 2008 va 2010 yillardagi Ispaniyani eslatmadimi?
- Bilmayman, chunki men hozir uning tarkibida o'ynamayapman, lekin hozirgisi juda pozitiv narsalarni, birinchi navbatda, o'z kuchiga bo'lgan ishonchni namoyish etmoqda. Shu jihatdan jamoa avvalgi Ispaniyaga o'xshab ketadi. Bundan tashqari, boshlang'ich tarkib juda kuchli, zaxirasi ham ancha katta.
- Bugungi Ispaniya termasi o'yinida nimani alohida ta'kidlagan bo'lardingiz?
- Ikkita toza vingerga ega bo'lish o'yinda ko'p narsani belgilaydi, ammo shu bilan birga yarim himoyada to'pni boshqarishi mumkin bo'lgan futbolchilar ham etarli, masalan, Rodri, Fabian, Pedri, Merino, Olmo. Ular birlashtiradilar, ammo to'p qanotlarga ko'chirilganda va birga-bir holatlarning yuzaga kelishi - bu hozirgi Ispaniyaning o'ziga xos xususiyati. Bizing davrda terma jamoada Silva va men qanotlarda o'ynashimiz mumkin edi, lekin biz yaqqol vinger rolini o'ynamaganmiz - bu boshqa narsa. Evro-2012 finalida Buskets, Xabi Alonso, Xavi, Silva, Fabregas va men. Vilya yo'q edi, Torres esa boshlang'ich tarkibda tushmadi.
- 16 yoshli Lamin Yamal haqida qanday fikrdasiz?
- Bu biroz g'ayritabiiydek ko'rinmoqda, ammo istisnolar mavjud va u me'yordan oshib ketadigan o'yinchilardan biri. U boshlang'ich tarkibda o'ynaydi. Lamin barqaror ishlashi va porloq kelajagi bo'lishi uchun o'rganishni va takomillashishda davom ettirishi kerak. U 23 emas, 16 yoshda axir.
- Niko Uilyamsni qanday baholaysiz?
- U ham hali yosh, lekin o'yini allaqachon ayrim grandlar oromini buzmoqda.
- «Emireyts» bilan shartnomangiz tugadi. Kelajak uchun qanday rejalar mavjud?
- Ularning takilfini kutaman. Agar tushmasa, keyinini keyin ko'ramiz. Ikki-uch hafta o'tgach, men uchun qiziqarli taklif bor-yo'qligini bilib olaman va o'shanda vaziyatni yana bir bor ko'rib chiqishim mumkin bo'ladi.
- O'zingiz yana bir mavsumni o'yinchi sifatida o'tkazishni xlhlayapsizmi?
- Ha. Gap shundaki, so'nggi paytlarda o'zimni juda yaxshi his qilyapman va hozircha o'ynashni davom ettirmoqchiman. O'tgan mavsumda 20dan ortiq uchrashuvdan (29ta), 20tasini final hujtagigacha o'ynadim (23ta). Agar futboldan to'ygan bo'lganimda va hech qanday shubha qolmaganida faoliyatimni tugatgan bo'lardim. Lekin unday emas. Keling, bundan biror narsa chiqadimi yoki yo'q, ko'ramiz.
- Amirliklarda qolish siz uchun ustuvormi yoki Saudiya Arabistoni kabi ligalarga ham ochiqmisiz?
- Bu yaxshi variant, lekin sharoitlar munosib bo'lishi kerak, ya'ni men futbolda qolgan vaqtimdan zavqlanishim kerak. Agar shunday taklif kelib tushsa, biz ijobiy va salbiy tomonlarini tortishimiz kerak. Bu ko'proq mamlakatni o'zgartirishni xohlaymanmi yoki yo'qmi degan savolga o'xshayapti. Ammo bu faqat o'zim uchun emas... Bu oila uchun yaxshi tajriba, lekin men xato qilmaslikka harakat qilaman. Bizda sarguzashtlarga alohida ehtiyoj yo'q.
- Sizni MLSga chorlashmayaptimi?
- Yaponiyani tark etganimda, mening kelajagim AQSh bilan bog'liq emasligi aniq edi. Bu juda katta mamlakat va o'yin uchun jamoa katta masofalarni bosib o'tishi kerak. Men esa bunday mashaqqatlarni xohlamayman.
M.PO'LATOV tayyorladi
25-Iyul 2024,00:00
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0