"Real Madrid" "Negreyra ishi" bo'yicha tergovni 6 oyga uzaytirishni so'ramoqda.
EFE nashrining xabar berishicha, o'tgan hafta sudya Xoakin Agirre tomonlarga tergov muddati 1 sentyabrda tugagani haqida ma'lum qilgan va ishni uzaytirish bo'yicha so'rov yuborishga hali vaqtlari borligini eslatgan.
Xususiy ayblovchi sifatida ishlayotgan Madrid klubi tergovni kelasi yilning martigacha uzaytirishni so'ragan. Prokuror Rikardo Sans-Gadea bu so'rovga qo'shildi – uning ta'kidlashicha, ayblanuvchilar, jumladan “Barselona”ning sobiq prezidentlari Xosep Bartomeu va Sandro Rosel haligacha so'roq qilinmaganini inobatga olsak, yoz oxirigacha tergovni yakunlab bo'lmaydi.
Eslatib o'tamiz, may oyi oxirida “Barselona” rahbariyati hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Anrikes Negreyraga to'lovlarda poraxo'rlikda ayblovdan tozalangan edi. La Liga va "Real Madrid" kataloniyaliklarning sud jarayoni davomida bergan apellyatsiyalariga qarshi chiqdi. Sud avvalroq Negreyraning 2001-2018 yillar oralig'ida “Barselona”dan 7,7 million evro to'laganini jinoyat deb hisoblagan edi.
6-Avgust 2024,18:00
O'qildi: 52 - Fikirlar: 0