La Liga "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesning "Valensiya" - "Barselona" uchrashuvi vaqtida o'z jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda o'yinni "qaroqchi" sayt orqali tomosha qilgani skrinshotini e'lon qilganiga keskin munosabat bildirdi.
Bu voqea qaroqchilikka qarshi kurashda, ayniqsa, ko'p auditoriyaga ega bo'lganlar o'rtasida ko'p yillardan beri faol kurash olib borayotgan tashkilot ichida norozilik uyg'otdi.
La Liga bu masalani "Barselona" bilan muhokama qilmoqchi va kelajakda bunday holatlarning oldini olish muhimligini ta'kidlamoqchi.
Eslatib o'tamiz, “Valensiya” bilan o'yinda ishtirok etmagan 21 yoshli Fermin Lopes ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o'yinning "qaroqchi" translyatsiyasi aks etgan suratni joylashtirgan edi. Bir necha daqiqadan so'ng post o'chirildi.
20-Avgust 2024,22:20
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0