
«Barselona» hujumchisi Markus Reshford faoliyatini yana «Manchester Yunayted»da davom ettirishi kutilmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, 28 yoshli futbolchining taqdiri ko'p jihatdan «MYu» bosh murabbiyi Maykl Kerrikning jamoada qolish-qolmasligiga bog'liq. Kerrik Reshfordning imkoniyatlariga yuqori baho beradi va uni yana eng yuqori darajaga qaytara olishiga ishonmoqda. Agar mutaxassis o'z lavozimini saqlab qolsa, angliyalik futbolchining jonajon klubiga qaytish imkoniyatlari keskin ortadi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» o'tgan yilning yozida Reshfordni ijaraga olgan edi. Kataloniyaliklar safida hujumchi barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O'qildi: 60566 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51142 - Fikirlar: 0





489