"Barselona" Dani Olmoni ro'yxatdan o'tkazish yo'lini topdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar jarohat olgan himoyachi Andreas Kristensen o'rniga futbolchini tarkibga kiritish huquqidan foydalanadi. Avvalroq daniyalik futbolchi bir necha haftadan ikki oygacha maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'lgandi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, agar "mehnatga layoqatsizlik jarohat olgan kundan boshlab to'rt oyga teng yoki undan ko'p davom etishi kutilsa" bunday operatsiyani tartibga solish nazarda tutilgan.
"Ko'k-anorarnglilar" 28 yoshli futbolchi egallagan maoshning 80 foizidan foydalana oladi va bu "Leyptsig"dan sotib olingan ispaniyalik yarim himoyachini ro'yxatdan o'tkazish uchun etarli bo'ladi.
La Liga yaqin soatlarda bu harakatni ma'qullab, Olmoga 27 avgust kuni "Rayo Valekano"ga qarshi o'ynashga ruxsat berishi kutilmoqda.
Avvalroq, "Barselona" Inigo Martinesni xuddi shunday tarzda qayd etgandi - Ronald Arauxoning jarohati tufayli.
26-Avgust 2024,22:00
O'qildi: 49 - Fikirlar: 0