"O'yinlar juda ham ko'payib ketdi va endi biz futbolchilardan: "Quloq soling, biz jarohatlar olyapmiz. Har uch kunda o'yin va yozda ham deyarli dam olishga vaqt qolmayapti" - degan so'zlarni eshityapmiz. Men uchrashuvlarni kamaytirishni maslahat bergan bo'lardim. Ligalarga shunday murojaatim bor: "Mavjud 20 jamoa o'rniga 16 tadan klub qoldirsa nima bo'ladi? Shuningdek, men UEFAga shunday degan bo'lardim: "Kuzatish mushkul bo'lgan yangi musobaqa – Millatlar Ligasi nimaga kerak? Hurmatli, FIFA vakillari: "O'zingiz yaratgan bu klublar o'rtasidagi jahon chempionatini bekor qiling". Ular iloji boricha ko'proq pul ishlab olishni xohlashlarini tushunaman, lekin futbol uchun o'yinlar soni kamroq bo'lib, top darajadagi eksklyuziv o'yinlar soni ortgani yaxshiroq. Auditoriya uchun ham ularni kuzatish qulayroq bo'ladi. Futbolchilar esa kamroq o'yinda maydonga tushib, kamroq jarohat olishardi".
13-Noyabr 2024,11:14
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0