Xansi Flik Jonatan Tani "Barselona"da ko'rishni xohlaydi.
Himoyachining “Bayer” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Avvalroq futbolchi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayotganini ma'lum qilgandi.
Agar futbolchi yanvarda sotilsa, klub 15 million talab qiladi. "Real Madrid" yaqin haftalarda futbolchining transferini ko'rib chiqmoqda, rahbariyat uning qish yoki yozda o'tish imkoniyatini baholaydi.
Ta hozirda "Bavariya" va "Barselona" bilan muzokaralar olib bormoqda. Myunxenliklar uni yozdayoq qo'lga kiritishga urinib ko'rdilar, ammo "Bayer" bilan kelisha olmadi. Ayni paytda futbolchini Germaniya terma jamoasidagi faoliyatidan tanigan Xansi Flik uni Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolashga ko'ndirmoqchi. U uni o'z o'yin uslubiga mos deb biladi va yozda "Barselona"ning himoyadagi ba'zi o'yinchilari ketishi mumkinligini hisobga olsak, tekinga kelishiga qarshi bo'lmaydi.
Bild nashri xabariga ko'ra, Ta allaqachon A Seriyada o'ynashni istamasligiga qaror qilgan va "Yuventus" va "Inter" takliflarini rad etgan.
13-Noyabr 2024,21:30
O'qildi: 48 - Fikirlar: 0