Ikkala klub murabbiylari ham futbolchining o'yin uslubidan hayratda.
"Napoli"ning rejalari orasida Kvaratsxeliya bilan shartnomani uzaytirish ham bor. Avvalroq futbolchining agentlari soliqlardan tashqari 8 million evro maosh bilan shartnomani 2029 yilgacha uzaytirishni so'ragani xabar qilingandi.
Klub esa o'z navbatida 6 million evrodan ko'p bo'lmagan pul va bonuslarni taklif qilishga tayyor.
Prezident Aurelio De Laurentis boshqa klublar manfaatlarini inobatga olgan holda vingerning yangi shartnomasiga tovon puli 100 million evroni kiritish niyatida. Xvichaning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga etadi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi A Seriyada 12 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
15-Noyabr 2024,15:20
O'qildi: 47 - Fikirlar: 0