Federiko Valverde "Real"ning "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatini (0:4) izohladi.
Madridliklar La Liganing 11-turida o'z maydonida raqiblariga yirik hisobda mag'lub bo'lishdi.
"Bu juda og'riqli bo'ldi va albatta, o'z uyingda uch ochkoni qo'lga kirita olmaganingda o'zingni ojizlik his qilasan. Yana shuni tan olish kerakki, jamoa garchi raqibdan yomonroq o'ynagan bo'lsada, "Barselona" juda yaxshi o'yin o'tkazdi.
Lekin bu "Real" uchun hammasi yomon bo'ldi degani emas, shunchaki "Barselona" hamma narsani to'g'ri qildi. Ikkinchi bo'limda ular gol urishdi va hammasi o'zgardi, kuchimizni yo'qotdik. Keyin ular ikkinchi golni urishdi va bu, albatta, taktika va futbol mahoratidan tashqariga chiqadi. Siz nazoratni biroz yo'qotasiz, qandaydir jinnilik boshlanadi", - dedi "Real" yarim himoyachisi.
19-Noyabr 2024,21:30
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0