"Inter" himoyachisi Benjamin Pavarning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Pini Zaxavi o'tgan hafta oxirida Barselonada "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta bilan uchrashib, frantsiyalik futbolchini transfer qilish imkoniyatini muhokama qildi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, bu borada hozircha hech qanday o'zgarishlar kuzatilmagan, chunki kataloniyaliklar uchun asosiy vazifa - transfer oynasining so'nggi kunlarida mavjud futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazish. Qayd etilishicha, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Pavarni "Bavariya"da birga ishlagani uchun yaxshi biladi.
O'tgan mavsumda 29 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 38 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil qiladi.