«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu jamoa ushbu mavsumda o'z oldiga qanday maqsadlar qo'yayotgani haqida fikr bildirdi.«Biz hamisha o'z oldimizga chempionatda g'olib chiqishni maqsad qilib qo'yamiz. Har mavsumda asosiy e'tiborni ushbu musobaqaga qaratamiz. So'nggi yillarda esa faqatgina chempionatdagi g'oliblik etarli bo'lmasligiga o'rganib qoldik. Shunga qaramay, bu biz uchun o'ta muhim turnir.Evropa chempionlar ligasi — «Barselona» uchun jiddiy sinov, biz bu musobaqaga jiddiy yondashamiz. Maqsadimiz — barcha sovrinlarni qo'lga kiritib, "sekstet"ga (bir yilda 6ta sovrin) erishmoqchimiz. Biz bu ishni bir marta — 10 yilda uddalaganmiz», – dedi Bartomeu.«Barsa» 2009 yilda Pep Gvardiola boshqarusi ostida o'z ishtirok etgan barcha 6ta musobaqada — La liga, Ispaniya kubogi, Ispaniya superkubogi, Evropa chchempionlar ligasi, UEFA superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan.
7-Dekabr 2019,17:50