Rasman: "Barselona" Olmo qancha vaqtni o'tkazib yuborishini ma'lum qildi
"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo kecha "Osasuna"ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi.
Kataloniyaliklar rasmiy saytining xabar berishicha, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi o'ng son mushaklaridan olgan jarohati sabab 3 haftani o'tkazib yuboradi.
Olmo bu mavsumda 28 ta o'yinda 8 ta gol urib, 5 ta assist berdi.