Sardor Mirzaev: "Terma jamoasi safida 1 daqiqa o'ynaymizmi yoki 10, bor kuchimizni berib harakat qilishimiz kerak"

O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardor Mirzaev Singapurga qarshi JCH-2022 saralash uchrashuvidan so'ng bahs haqida fikr bildirdi.
- Dastlab o'yin haqida gapirsangiz. Bahs qanday kechdi?
- Bahs qiyin o'tdi. Namlik darajasi juda yuqoriligi futbolchilarga halal berdi. Singapur terma jamoasi xotirjam o'yin ko'rsatib, pressing uyushtirishdi. Lekin futbolchilarimizning darajasi raqibnikidan ustunligi yaqqol ko'rindi. Asosiysi - g'alaba qozondik. Endi keyingi oydagi bahslarga tayyorlanish kerak. Bizni 2ta muhim o'yin kutib turibdi. Xudo xohlasa, Saudiya Arabistoni va Falastinni engib olsak, guruhdagi etakchilikni mustahkamlab olamiz.
- Zaxiradan maydonga tushganingizdan keyingi ilk daqiqalarda o'yiningizda bazi kamchiliklar kuzatildi...
- To'g'ri, buni o'zim ham sezdim. Dastlabki 5 daqiqada o'yinga kirishib keta olmadim. Hisob xavfli ekanligi (2:1) biroz tasir qildi. Keyin o'zimga kelib oldim. O'zbekiston terma jamoasi safida 1 daqiqa o'ynaymizmi yoki 10, bor kuchimizni berib harakat qilishimiz kerak. Asosiysi g'alaba.
- Maydonga tushishingizdan avval Abramov nimalar dedi, Masharipovning vazifalari sizga yuklatildimi?
- Avvaliga markazda o'ynayman deb o'ylagandim. Abramov meni Jaloliddin o'rniga maydonga tushirdi va hisob 2:1 bo'lgani tufayli ko'proq to'p ushashimiz kerakligini, kuchga to'la bo'lganim uchun Farruh (Sayfiev)ni hujumga o'tkazib, men yarim himoyachilarga yordam berishim kerakligini aytdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (300/+0)
Yangiliklar (32972/+13)
UzFIFA Yangiliklari (11.05.2025)
Futbol TV Yangiliklari (11.05.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1769)
Eng ko'p o'qilgan
7-May
16:50
8-May
20:50
4-May
08:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)