Barcha futbolchilarga ham zamonamizning ikki dahosi bilan to'p surish nasib etavermaydi. Bugun ana shunday baxtga taqdir tomonidan munosib ko'rilgan futbolchilar va ular tomonidan bu ikki yulduz haqida bildirilgan fikrlar bilan tanishib o'tamiz.DekoPortugaliyalik futbolchi ikki mega yulduz bilan to'p surishga birinchilardan bo'lib muvaffaq bo'lganlardan biri. Kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan yarim himoyachi maydonni yaxshi ko'ra olar va jamoaning hujumlarini boshlab berar edi. Qahramonimiz Krishtianu bilan sal kam 7 yil davomida terma jamoa sharafini himoya qilgan va 2004-yildagi qit'a birinchiligida kumush medallarga ega chiqqanlardan biri sanaladi. Leo bilan esa, sovrinlar biroz ko'proq. Argentinalik futbolchi bilan 4 yil davomida bir jamoada to'p surgan yarim himoyachi ikki bor Ispaniya chempionligini va bir bor EChL g'olibligini qo'lga kiritgani tahsinga sazovar. Shunday bo'lsa-da, Deko ulardan yosh jihatidan kattaroq bo'lgani bois ikki futbolchini o'z ukalari singari yaxshi ko'rishini ko'p bor ta'kidlab o'tgan. O'zining intervyularidan birida ikki futbolchidan birini tanlang degan savolga esa, quyidagicha javob bergan edi:
“Ronaldu yosh va jismonan baquvvat futbolchi bo'lib, doimmo g'alaba qozonishni yaxshi ko'radiganlar sirasiga kirar edi. Messi esa, hozir amalga oshirayotgan ishlarini o'zlashtirish uchun tinimsiz izlanish bilan band paytida Ronaldino barchasini osonlik bilan amalga oshirar, va o'zgacha uslub egasi edi. Unga to'p etkazsangiz, bir nuqtaning o'zidan bir necha xil ulsubda gol kiritishga shubha qilmasangiz ham bo'ladi. Roni men ko'rgan yigitlar ichida eng zo'ri!"
Karlos TevesKarlitos bemalol Ronaldu va Messi darajasida to'p surishi mumkin edi, biroq uning og'ir xarakteri va tinimsiz janjallari karerasiga bolta urdi. Ronaldu bilan “Manchester Yunayted”da birga to'p surgan qahramonimiz 5 ta sovringa ega chiqishni uddalagan. Ular orasida EChLning “shalpangqulog'i” ham mavjud ekanligini e'tiborga molik. Leo bilan birgalikda Argentina terma jamoasida to'p surgan Teves birorta musobaqada g'olib chiqishni uddalay olgani yo'q. 2011-yildan boshlab esa, Teves terma jamoaga umuman chaqirlamadi. Shunga qaramay, bu ikki yulduz haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashishga ulgurdi: “Messini biror marotaba jismoniy mashg'ulotlar zalida ko'rmaganman. Uning texnik yuklamalar ustida ishlaganini ham ko'rmaganman. Ochig'i, birorta mashg'ulotda barchadan so'ng uyiga ketmagan ham bo'lsa kerak. Ronaldu esa, uning tamomila aksi. U biror marotaba mashg'ulotlardan so'ng uyiga ketmagan. Jismoniy mashqlardan so'ng, zarbalar ustida ishlar, barcha jabhalarda eng zo'ri bo'lish uchun mehnat qilishni hush ko'radigan sportchi edi. U klub bazasiga barchadan avvalroq etib kelar, undan erta kelishning iloji yo'qdek tuyular edi. Soat ertalabki 9 da belgilangan mashg'ulotlarga bir soat avvalroq borsam, u allaqachon mashqlarni boshlab yuborgan ekan. O'sha kuni 7:30 da borganimda ham undan ertaroq kelishni uddalay olmagan bo'lar edim".Anxel di MariyaBu futbolchi nafaqat ikki futbolchi bilan bir jamoada to'p surgan, balki ikkalasi bilan do'stona aloqalarni o'rnatgan kam sonli futbolchilardan biri. Di Mariya Ronaldu bilan birgalikda “Real Madrid” safida ko'plab sovrinlarga ega chiqibgina qolmay, o'z faoliyatidagi yagona EChL g'olibligini ham qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ladi. Leo bilan esa, JChdagi kumush medal hozircha so'nggisi bo'lib turibdi. Anxelning ular borasidagi savollarga bergan javobi samimiy bo'lgani uchun mana shunday top-intervyular orasidan joy olgan bo'lsa, ajam emas.“Ronaldu va Messi ikki xil uslubda to'p suruvch futbolchilar. Umuman olganda, ular o'rtasida umumiy hech narsa yo'q desam adashmagan bo'laman. Messi juda katta tezlik egasi bo'lgani bois, kichik masofalarga barchadan yaxshi yuguradi va bir nechta himoyachilardan o'tib ketishga qodir. Ronaldu uzoq masofalarga tezlik olish borasida barchadan chaqqonroq. U to'pni juda katta masofa o'zi bilan olib borib kuchli zarba yo'llashga qodir. Shuning uchun uning gollari soni Leonikidan ko'proq. Nima bo'lganda ham gap dunyoning ikki buyuk futbolchisi haqida bormoqda. Ulardan birini tanlash juda mushkul".Gonsalo IguainRonaldu bilan bir jamoada to'p surayotgan argentinlaik hujumchi “Real Madrid” safida 4 yil Krish bilan to'p surgani yodingizdan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Gonsalo ushbu 4 yil davomida ichki birinchilikdagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. Afsuski, Iguainning terma jamaodagi faoliyatini maqtab bo'lmaydi. Messining barcha omadsiz musobaqalarida bosh antiqahramon rolini hech kimga bermagan hujumchining ular haqidagi fikrlari bilan tanishing:“Bu savol barchani qiziqtirishi aniq, biroq buning javobi juda oddiy. Ular futboldagi chinakam “yirtqichlar” va o'z uslubini mukammalik darajasiga olib chiqishga muvaffaq bo'lgan yigitlar. Ularni solishtirish befoyda. Bu xuddi Kasilyas va Buffonni solishtirishga o'xshaydi. Yaxshisi, ularning o'yinlaridan zavq olish lozim".
13-Dekabr 2019,22:50