Yamalning goli Chempionlar ligasining o'tgan mavsumida eng yaxshisi deb topildi (video)
UEFA texnik qo'mitasi 2024/25 mavsumi Chempionlar ligasida eng yaxshi golini aniqladi.Eng yaxshi gol sifatida «Barselona» vingeri Lamin Yamalning «Inter»ga qarshi yarim finalning birinchi o'yini 24-daqiqasida urgan goli tan olindi. Avvalroq Yamal Chempionlar ligasi mavsumining ramziy jamoasiga ham kiritilgani haqida xabar berilgan edi.