"Barselona" hali ham Niko Uilyams bilan bog'liq muammolar fonida Luis Dias variantini ko'rib chiqmoqda.
Avvalroq, klub va "Atletik" vingeri Uilyamsning agenti o'rtasidagi muzokaralar so'nggi kunlarda boshi berk ko'chaga kirib qolgani xabar qilingandi. Futbolchi shartnomada ro'yxatdan o'tish kafolatlarini ko'rsatmoqchi, kataloniyaliklar esa uning pozitsiyasidan norozi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, hozirgi vaziyatda "Barsa" hamon klub sport direktori Dekuning birinchi tanlovi bo'lgan Luis Diasga qiziqish bildirmoqda. "Liverpul" vingeri Nikodan kattaroq, ammo u universalroq, chunki u "to'qqizlik" pozitsiyasida ham o'ynay oladi va yuqori darajadagi musobaqalarda katta tajribaga ega.
Muammo shundaki, "Liverpul" "blaugrana" bilan muzokara o'tkazishni istamadi va kolumbiyalik futbolchining agenti klubga etarlicha bosim o'tkaza olmadi. Ta'kidlanishicha, Deku hech qachon Dias nomzodidan voz kechmagan. U shartnoma imzolanmaguncha va tovon puli to'lanmaguncha Uilyams bo'yicha kelishuv kafolatlanmaganini tushunadi.