
"Barselona" ustozi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Pedrining jarohatiga izoh berdi.
22 yoshli futbolchi Madridning "Real" klubiga qarshi kechgan o'yinda 100-daqiqagacha harakat qildi va ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
"El-klasiko"dan ko'p o'tmay, xavbekda jiddiy jarohat borligi aniqlandi - tiklanish dekabr oyining o'rtalarigacha cho'zilishi mumkin.
"Pedrining jarohati bizni hayratda qoldirdi. Madriddagi o'yindan keyin u faqat biroz noqulaylik, charchoqni his qildi, ammo tekshiruvlar jiddiy muammoni ko'rsatdi. Bunga ko'nikishimiz kerak. Albatta, bizga asosiy o'yinchilardan biri etishmaydi, ammo uning tezroq qaytishiga umid qilamiz," - dedi Flik matbuot anjumanida.
Yakshanba kuni "Barselona" o'z maydonida La Liga doirasida "Elche"ga qarshi bahs olib boradi.





330