«Barselona» prezidenti Joan Laporta darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan bog'liq mojaroli vaziyatga izoh berdi.«Mark jamoamiz sardori bo'lib qoladi, avvalgi kelishmovchiliklar hal etildi. U maydonda o'z liderligini isbotladi va muxlislar sardorimiz jamoani qanday oldinga etaklashini ko'radilar. U klubda 11 yildan beri, va men uning yana sardorlik vazifasini bajarayotganidan mamnunman. Uning pozitsiyasini hisobga olgan holda, La Liganing tibbiy komissiyasi roziligi asosida Joan Garsiyani ro'yxatdan o'tkazishni rejalashtiryapmiz. Qolgan transferlar bo'yicha ish davom etyapti. Agar birinchi turgacha hammasi bitmasa, bizda hali vaqt bor», — deya Laportaning so'zlarini TV3 keltirdi.Avvalroq nemis darvozaboni belidagi jarohati sabab operatsiya qildirgan va La Liga tibbiy komissiyasi uchun xulosaga imzo qo'yishdan bosh tortgani bois, yangi darvozabon Joan Garsiyani ro'yxatdan o'tkazish masalasida muammo yuzaga kelgan edi. Klub uni vaqtincha sardorlik bog'ichidan mahrum etgan edi. Keyin mojaro bartaraf etildi va Ter Shtegenga sardorlik bog'ichi qaytarildi.
O'qildi: 115 - Fikirlar: 0