
«Barselona»ning hozirdagi sport direktori Deku o'z vaqtida jamoadoshi bo'lgan Ronaldino bilan o'tgan damlarni xotirladi.
— Ronaldino o'sha paytda hayratlanarli darajada porlagan edi. Unga shu qadar yaqin bo'lish qanday edi?
— Texnika nuqtai nazaridan, men undan yaxshiroq hech kimni ko'rmaganman. U sizni hayratda qoldiradigan, og'zingizni ochib qo'yishga majbur qiladigan ishlarni bajarishga qodir edi.
Bu futbolchi mening faoliyatimda — u bilan birga o'ynaganmanmi yoki unga qarshi — eng katta taassurot qoldirgan insondir. Bu uning eng ko'p sovrin yuvortgani yoki «Barselona»da eng ko'p titullarga ega bo'lgani uchun emas, balki aynan mana shu ma'noda eng katta taassurot qoldirgan, chunki biz bu davrni birgalikda boshdan kechirganmiz.
— 2007/08 yilgi mavsumda Ronaldinoning ishlari yurishmadi, jismoniy pasayish kuzatildi va tungi hayotga haddan tashqari berilib ketgani uchun tanqidlarga uchradi. Uning gullab-yashnagan davri qanday yakunlandi?
— Shuning uchun ham futbol shunchalik jozibali. Qaerda quvonch bo'lsa, o'sha erda hafsala pir bo'lishi va talablar ham mavjud. Siz har doim ham g'alaba qozona olmaysiz. Albatta, katta jamoalar haqida o'ylaganda, ularning abadiy bo'lishini xohlaysiz...
Ronaldino bir avlod tarixida, bizning avlodning eng yuqori cho'qqisida iz qoldirdi va bu klubga quvonch olib keldi. Birgina shuning o'zi etarli.
— Ronaldinoda Krishtianu Ronalduda haligacha saqlanib qolgan ambitsiyalar etishmadimi?
— Faqat ambitsiyalar haqida gapirib bo'lmaydi. Krishtianu ham har doim g'alaba qozonmagan. Futbol — bu yakka tartibdagi emas, jamoaviy sport turi. Biz texnik masalalar, kundalik jarayonlar va boshqa ancha murakkab narsalarni muhokama qilishimiz kerak.
Biz g'alabalarda qaysidir shaxsni ilohiylashtirib, mag'lubiyatlarda esa barcha aybni uning zimmasiga yuklash orqali xato qilamiz. Vaholanki, bu jamoaviy sport, — dedi Deku.
O'qildi: 133563 - Fikirlar: 0





438