"Vilyarreal"ning "Barselona" bilan uchrashuvi AQShda bo'lib o'tishi mumkin. Klublar dekabr oyida La Liganing 17-turida Mayamida bo'lib o'tadigan o'zaro o'yinni okeanortida o'tkazish uchun ariza berishdi va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi bu so'rovni ma'qulladi. RAC1 xabariga ko'ra, agar reja amalga oshsa, "ko'k-anorranglilar" AQShdagi har bir o'yin uchun taxminan 5-6 mln evro ishlab oladi.
O'tgan mavsumda "Barselona" Ispaniya chempionatida "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirib, birinchi o'rinni egallagan edi. "Vilyarreal" beshinchi bo'ldi va u ham Chempionlar ligasiga yo'l oldi.
16 avgust kuni Kataloniya grandi La Liga yangi o'yinining birinchi turi doirasida "Malorka" mehmoni bo'ladi, bir kun avval "sariq suvosti kemasi" o'z uyida "Real Ovedo"ni qabul qiladi.
O'qildi: 113 - Fikirlar: 0