Reshford keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi
Angliyalik hujumchi Markus Reshford 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida "Barselona"da o'ynaydi.
28 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, uning kelajakdagi ustuvor maqsadi — "Barselona" safida qolish. Shu bilan birga, Reshford motivatsiyasi faqat Kataloniyada qolish istagi bilan cheklanmasligini ta'kidladi. Unga eng katta turtki — g'alabalar va sovrinlar qo'lga kiritish istagi.
"Men rostdan ham "Barselona"da yo'limni davom ettirishni istayman. Bu muhim maqsad, ammo yanada muhimi — g'alaba qozonish. Men har kuni imkoniyatimning eng yuqori chegarasida ishlayapman, chunki bu jamoa sovrinlar uchun yaratilgan. "Barselona" — katta maqsadlarga ega ulug' loyiha", – dedi hujumchi.
Reshford "Barselona"ga 2025 yilning yozida qo'shilgan. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (317/+0)
Yangiliklar (36326/+15)
UzFIFA Yangiliklari (03.02.2026)
Futbol TV Yangiliklari (03.02.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1849 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
1-Fevral
17:30
«MYu» Reshfordni ortga qaytarishni istamoqda, «Barsa» bunga to'sqinlik qilishi mumkin
O'qildi: 138330 - Fikirlar: 0
O'qildi: 138330 - Fikirlar: 0
28-Yanvar
23:40
31-Yanvar
22:10
«Barselona» prezidenti Laporta Fermin Lopes bilan shartnoma uzaytirilishiga izoh berdi
O'qildi: 51067 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51067 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





412