
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) UEFAning 2025 yil ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan 2025-yilgi “Oltin to'p” sohibi, frantsiyalik hujumchi Usmon Dembele, shuningdek, norvegiyalik futbolchi Erling Holand va frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe joy oldi.Ramziy terma jamoaga quyidagi futbolchilar kiritildi:Darvozabon: Janluiji Donnarumma (“Manchester Siti” / “PSJ”, Italiya);Himoyachilar: Vilyam Saliba (“Arsenal”, Frantsiya), Virjil van Deyk (“Liverpul”, Niderlandiya), Nunu Mendesh (“Pari Sen-Jermen”, Portugaliya);Yarim himoyachilar: Vitinya (“PSJ”, Portugaliya), Pedri (“Barselona”, Ispaniya), Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya);Hujumchilar: Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya), Kilian Mbappe (“Real”, Frantsiya), Harri Keyn (“Bavariya”, Angliya), Usmon Dembele (“PSJ”, Frantsiya).Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda “PSJ” Evropa Chempionlar ligasi, Frantsiya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, Parij klubi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finaligacha etib bordi hamda UEFA Superkubogida ham g'alaba qozondi.

O'qildi: 138321 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51060 - Fikirlar: 0





402