
"Albasete" hujumchisi Xefte Betankor jamoasi "Real"dan keyin "Barselona"ni Ispaniya kubogidan nima evaziga mag'lub etishi mumkinligini aytdi.
32 yoshli futbolchining 1/8 finaldagi dubli "Albasete"ga "qaymoqranglilar" ustidan kutilmagan g'alabani keltirdi (3:2). Segunda vakili chorak finalda boshqa bir "gigant" - "Barselona" bilan to'qnash keladi.
"Biz mukammalroq o'ynashimiz va "Barsa"ning omadli kuni bo'lmasligiga umid qilishimiz kerak. Ana shunda imkoniyatimiz bo'ladi. Ammo omadsiz kunlarda ham "Barselona" tarkibida ajoyib futbolchilar bor. Agar avvalgidek birdamlikda harakat qilsak, unda imkoniyatlar paydo bo'ladi," - deya Betankorning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
"Albasete"ning "Barselona"ga qarshi o'yini 3 fevral, seshanba kuni bo'lib o'tadi.
O'qildi: 138319 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51057 - Fikirlar: 0





470