"Borussiya" "Real" va "Barsa" qiziqishi fonida Shlotterbek bo'yicha qaror qabul qildi
Dortmundning "Borussiya" klubi Niko Shlotterbek bo'yicha bir qarorga keldi.
O'yinchi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. Shu sabab "asalarilar" bir yildan keyin bepul ketib qolishining oldini olish uchun uni sotmoqchi.
Niko uchun asosiy da'vogar — "Real". Shuningdek, o'yinchiga "Barselona" va "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq OAVda Shlotterbek 50 mln evro evaziga La Ligaga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.