
Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Gabriel Martinelli «Barselona» safiga o'tishi mumkin.
Kataloniya klubi braziliyalik futbolchiga da'vogarlar safini to'ldirdi, deya xabar bermoqda Managing Barca nashri CaughtOffsideʼga tayanib. Bundan avval 24 yoshli o'yinchiga «Bavariya» va «PSJ» klublari tomonidan ham qiziqish borligi aytilgan edi.
Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari Gabriel Martinellining transfer qiymatini 45 million evroga baholamoqda. Vingerning «kanonirlar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan, biroq unda shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud.
Yakunlangan mavsumda Martinelli «Arsenal» safida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
502