Valverde: «Umid qilamizki, Messi kelgusi o‘yinlarda bizga ko‘proq narsa bera oladi»
«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa hujumchisi Lionel Messining holati haqida gapirdi.
«U deyarli avvalgi holatiga qaytdi. Yaqinda u 90 daqiqa o‘ynadi va gol ham urdi. Gol har doim hujumchilarga ishonch beradi.
Messi ajoyib formada bo‘lishi uchun asta-sekin qo‘shib borishi kerak. Umid qilamizki, u kelgusi o‘yinlarda bizga ko‘proq narsa bera oladi», – deb Valverdening so‘zlarini keltiradi Marca.