Eng havfli futbolchilar
Futbol qanchalar havfsiz sport turi bo'lib ko'rinmasi, aslida unday emas. Ayniqsa, ba'zi futbolchilar maydonda bo'lsa, futbol yanada havfli sport turiga aylanadi. Anglaganingizdek, bugun so'z juda qo'pol o'yin namoyish etuvchi futbolchilar haqida boradi.
Nayjel De Yong
Gollandiyalik futbolchini futbolchilik faoliyati davomida kiritgan gollari bilan emas, raqiblariga etkazgan jarohatlari orqali barchaning yodida qolgan desak, adashamagan bo'lamiz. Qo'pol o'yin borasida tengsizlardan biri sanaladigan De Yong 2010-yilda o'zining eng pik formasiga ko'tarildi. Qahramonimiz o'sha yili avvaliga o'rtoqlik uchrashuvida Styuvart Holdingning oyog'ini sindirgan bo'lsa, o'sha yili bo'lib o'tgan JCh finalida Xabi Alonsaga oyoq bilan zarba berib internet yulduziga aylanib ketdi. Eng achinarlisi esa, oradan bir necha oy o'tib Hatem Ben Arfaning karierasini «sochib» tashladi. Nayjel frantsuzning ikkita suyagini sindirib yuborgani etmaganidek, uning futbolchilik faoliyati uyoqda tursin, oyoqlarida yurib ketishini ham katta savol ostida qoldirdi. Keyinchalik futbolchi bir nechta klublarda o'z faoliyatini tiklashga urungan bo'lsada, har mavsumda o'rtacha 3 bora qizil kartochka olish odatini tashlamadi.
Marko Materatstsi
Italiyalik himoyachi o'zining juda qo'pol o'yinlari bilan birgalikda, hunuk so'zlari bilan ham raqiblarining yodida qolgan. O'yin davomida raqiblarning asabini yanada taranglashtirishda italiyalik futbolchiga etadigani yo'q edi. Eng achinarlisi shundaki, Marko ko'pincha raqibning etakchi futbolchilariga qarshi personal tarzda to'p surar, ularni safdan chiqarish uchun barcha iflosliklardan foydalanar edi. Uning qo'po o'yini haqida o'z intervyularida ko'p bore slab o'tadigan Andrey Shevchenko quyidagi so'zlarni aytgan edi: « Marko pozitsiyani boy berayotganini sezsa, darrov mayda qo'ida buzarlik ishlatadi. Imkon bo'ldi deguncha jarohat etkazishga urunadi. Afsuski, u bu ishni shu qadar ustalik bilan amalga oshiradiki, hakamlar nazaridan ko'pincha chetda qolib ketishni uddalay oladi. Unga qarshi Italiyadagi barcha hujumchilar o'ynashdan qo'rqib qolishgani haligacha yodimda»
Darhaqiqat, jismonan baquvvat futbolchining birorta yorqin o'tkazgan o'yini bo'lmasa ham, haligacha muxlislar tomonidan eslanadi. Balki, Zidan bilan bo'lgan voqeya sabablidir?!
Vini Jons
Eng tez qizil kartochka olgan futbolchi sifatida (O'yinning 3 sekundida) APL tarixida abadiy qoladigan qahramonimiz o'zining janjalkashligi bilan barcha muxlislarga yaxshi tanish desak, adashmagan bo'lamiz. Jons o'zining juda qo'pol o'yini bilan APL hujumchilarining kushandasiga aylangan Jons o'yin paytida hech narsadan cho'chimas, qizil kartochka uning uchun odatiy xolga aylangan edi. To'p uchun kurashlarda butsaning tag qismi bilan kirishadigan Vini APLdagi uzoq davom etmagan faoliyati davomida 128 bor sariq kartochka bilan ogohlantirilgan bo'lsa 12 bor maydondan chetlatilishga ham ulgurgan. Keyinchalik, futboldan zerikib qolgan jaljalkash yigit o'z faoliyatini kinoda davom ettirishga qaror qiladi. Vinni o'z ishtirok etgan deyarli barcha filmlarda salbiiy qahramon ro'lida ishtirok etgan bo'lsada, unga kutilganidek mashxurlik nasib etmadi. Achinarlisi, hozirda futbolchi ruhiy kassaliklar bilan og'rib qolgan, va bir necha yillardan beri ushbu kasaliklarga qarshi mardonavor kurashib kelmoqda.
Kevin Muskat
Asosan APLning kuchsiz jamoalarida to'p surgan Muskat mashxur futbolchilarni safdan chiqarish bo'yicha, o'ziga hos record o'rnatgan. Avstraliyalik futbolchi bir mavsumning o'zida Eshli Yang, Duggari, Barosh va Bellamini bir necha oyga futboldan chetlatishga «muvaffaq» bo'lgani bilan ham juda mashxur. Bundan tashqari, qahramonimiz o'yin davomida hech kimni ayab o'tirmas, xatto bir safar raqib jamoaning murabbiysi bilan ham o'yin paytida mushtlashib ketishgacha boradi. Chempionshipdagi faoliyati davomida esa, undan jabr ko'rmagan hujumchi qolmagan desak, adashamgan bo'lamiz. O'z faoliyati davomida 123 bor sariq kartochkaga loyiq ko'rilgan Muskat, 15 bor qizil kartochka bilan «siylangan» bo'lsada, o'z o'yin uslubidan voz kechmagani ajablanarli. Eng qizig'I shundaki, qahramonimiz o'zining xayrlashuv uchrashuvida ham ikki bor sariq kartochka olib maydonni qarsaklar ostida tark etgan. OAV tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada, Kevin Muskat futboldagi eng yoqimsiz inson nominatsiyasida katta farq bilan g'olib chiqqani so'zimizga isbot bo'la oladi.
Coutinho_14
22-Oktyabr 2019,06:24
22-Oktyabr 2019,06:24
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30222/+12)
UzFIFA Yangiliklari (24.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (24.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0
18-Noyabr
18:10
21-Noyabr
17:30
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)