Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi: «Lautaro «Barselona»ga o'tsa, biz uchun yaxshi bo'lardi»
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesga «Barselona» qiziqayotgani haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.«Agar Lautaroga Messi bilan birga o'ynash nasib qilsa, terma jamoamiz uchun yaxshi bo'lardi. O'ylashimcha, u kataloniyaliklarning asosiy hujumchisiga aylanadi. Umid qilaman, u "Barsa"da o'ynab keta oladi.Lautaro — ajoyib hujumchi, shuning uchun u kuchli jamoada o'ynashi lozim. U hozir ham kuchli jamoa safida. Agar Martines boshqa jamoaga o'tishga qaror qilsa, men unga omad tilayman», — dedi Skaloni.Martines ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 30ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (300/+0)
Yangiliklar (32955/+20)
UzFIFA Yangiliklari (10.05.2025)
Futbol TV Yangiliklari (10.05.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1769)
Eng ko'p o'qilgan
3-May
12:20
13:00
7-May
16:50
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)