"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten La liganing 32-turi doirasida bo'lib o'tgan "Selta"ga qarshi o'yin (2:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi."Raqib so'nggi daqiqalarda tavakkal qilib oldinga tashlandi va gol urib, bir ochkoni qo'lga kiritdi. Biz bunday holatga tushib qolmasligimiz kerak edi. Chunki birinchi bo'limda raqibga nisbatan ancha yaxshi o'ynadik.Tanaffusgacha qulay hisobni qayd etishimiz kerak edi. O'ylashimcha, futbol adolatsiz. Masalan, Jerarning bosh bilan bergan zarbasi golga aylanmadi. "Barselona" ko'p ishlarni yaxshi bajardi. O'z imkoniyatlarimizni golga aylantira olmayapmiz. Birinchi bo'limda biz ega bo'lgan ustunlik uchrashuvda g'alaba qozonish uchun etarli bo'lardi. Ba'zida esa omad tufayli gol urasan.Ha, biz 2 ochko ustunlikka ega edik, endi esa raqibimiz g'alaba qozonsa, ularda shunday ustunlik yuzaga keladi. Endi ochko yo'qotishga haqimiz qolmadi. Nazariy jihatdan barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, raqibning qoqilishiga umid qilishimiz kerak. Qolgan o'yinlarda maksimal ochko jamg'arishga harakat qilamiz", – dedi Kike Seten.
28-Iyun 2020,10:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0